Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti

537922       0

Tadbirlar

       

Keksalarni eʼzozlash ularga hurmat va ehtirom koʼrsatish xalqimizga xos fazilatdir

Termiz shahridagi “Shodlik” mahalla fuqarolar yigʼini binosida Mahalla fuqarolar yigʼinlarida harbiy xizmatga chaqiriq yoshidagilar bilan Mudofaa vazirligi faxriylari, keksalar va nuroniylar ishtirokida “Keksalar oʼgiti - yoshlarga ibrat” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi.

Tadbirda Janubiy operativ qoʼmondonligi, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik I.Pirmamatov, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Surxondaryo viloyat mintaqaviy boʼlimi aʼzolari viloyat MIB Faxriylar bilan ishlash boʼlimi boshligʼi T.Oʼrinov va Oʼzbekiston Respublikasi “Veteran” jangchi-faxriylar va nogironlar viloyat kengashi, Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi boʼlimi, Termiz shahar maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi, “Shodlik” MFY raisi va hokim yordamchisi, Yoshlar yetakchisi va viloyat MIB huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklari boʼyicha tayyorlash markazida chaqiriluvchilari hamda mahalliy yoshlar ishtirok etdi.
Ushbu tadbirdan koʼzlangan maqsad, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash - yoshlarda Vatanga sadoqat tuygʼusini shakllantirish, ularning qalbida va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish, harbiy xizmatga boʼlgan qiziqishlarini yanada oshirishdir.
Shuningdek yoshlarda yon-atrofimizda va jahonda roʼy berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondoshish koʼnikmalarini, turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishdan iboratdir.
Tadbirda yoshlarga buyuk ajdodlarga munosib boʼlish, yurtimiz taraqqiyotiga dahldorlik hissi bilan yashash har birimizning, ayniqsa, yoshlarning muqaddas burchi ekanligi singdirilayotgani, qolaversa mudofaa sohasida faoliyat yuritgan katta va oʼrta avlod vakillari oʼz hayotiy tajribalari, bosib oʼtgan ibratli umr yoʼllari haqida qiziqarli va jonli tarzda maroq bilan hikoya qilishgani har bir avlod vakillarining shu yurtning tinchligi va mustaqilligini asrab avaylash borasidagi dahldorligini oshishiga xizmat qiladi.


Izoh qoldirish

Yangiliklar kanali

https://t.me/termizshh

Murojaatlar uchun

https://t.me/TermizSh_bot

Telegram bot

https://t.me/TermizSh_bot

Facebook

https://fb.com/termizshahar.hokimi

Fuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi

+(76)224-16-40

+(76)224-23-36

Yil dasturi
2024
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI

Voqealar

DuSeChPaJuShYa
Ro`yxatdan o`tish
login:
Password:
Parolni saqlash
123 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Sayt haqida firingiz?
Natijani ko`rish
Valyuta kurslari