Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti

464106       0

Ta`lim muassasalari

       

Termiz shahridagi maktablarda til va kasb o‘rgatishni rivojlantirish choralari belgilandi

Xabaringiz bor, kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan maktablarda xorijiy tillar va kasb o‘rgatish tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda maktab o‘quvchilarini kamida ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga o‘rgatish ustuvor vazifa etib belgilangan edi.

Ushbu belgilangan ustuvor vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida bugun, shahar hokimligida xalq ta’limi bo‘limi mas’ullari, maktab direktorlari va ularning tegishli o‘rinbosarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda viloyat hokimining o‘rinbosari I.Saparov, Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i E.Narmanov, sektor rahbarlari va aloqador mas’ullar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda 2023-yildan o‘quvchilarni maktablarda xorijiy til va kasbga o‘rgatish, ularni daromad topadigan ish bilan ta’minlash bo‘yicha mahallalar drayveridan kelib chiqib, asosli fikr-mulohazalar bildirildi va amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

  

 


Izoh qoldirish

Yangiliklar kanali

https://t.me/termizshh

Murojaatlar uchun

https://t.me/TermizSh_bot

Telegram bot

https://t.me/TermizSh_bot

Facebook

https://fb.com/termizshahar.hokimi

Fuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi

+(76)224-16-40

+(76)224-23-36

Yil dasturi
2024
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI

Voqealar

DuSeChPaJuShYa
Ro`yxatdan o`tish
login:
Password:
Parolni saqlash
128 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Sayt haqida firingiz?
Natijani ko`rish
Valyuta kurslari