Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti

594140       0

Axborot xizmati

       

TERMIZ SHAHAR DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIG‘INING HISOBOTI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATI

Mamlakatimiz rahbari joriy yilning 16 mart kuni davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi davomida sohani takomillashtirish, xususan soliq tizimini raqamlashtirish, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘lamini oshirish, shuningdek, “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarini o‘rganish va soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergandi.
Mazkur topshiriqlarning ijrosini ta’minlash, tadbirkorlarni soliq sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida 29 mart kuni davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari ishtirokida Termiz shahrida uchrashuv o‘tkazildi unda jami 200 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Termiz shahar davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 2022 yilning 1 choragi davomida amalga oshirilgan ishlar xususidaga ayrim ma’lumotlarga e’tiboringizni qaratsak.
Soliq turlaridan ortiqcha to‘lov summasini qaytarish yuzasidan 36 korxonada 121,2 million so‘mga pul mablag‘lari korxonalarning hisob raqamlariga qaytarildi.
Termiz shahrida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan soliq to‘lovchilari tomonidan 86.1 mlrd. 94.4 mln. so‘m miqdorida soliq to‘lanib, belgilangan prognoz rejasi 8.3 mlrd. so‘m ortig‘i bilan bajarildi. Byudjetga yo‘naltirilgan mablag‘larning asosiy qismi 91.6 mlrd. so‘mi, ya’ni 97.2 foizi yuridik shaxslar, 2.7 mlrd. so‘mi yoki 2.8 foizi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Soliq turlari bo‘yicha tahlil etadigan bo‘lsak, tushumning 62.8 mlrd. so‘m yoki 66.5 foizini jismoniy shaxslar daromad solig‘i, 5.7 mlrd. so‘m yoki 6.1 foizini aylanmadan olinadigan solig‘i, 2.1 mlrd. so‘m yoki 2.2 foizini yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, 1.9 mlrd. so‘m yoki 2.0 foizini jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk solig‘i hamda qolgan 21.9 mlrd. so‘m yoki 23.2 foizini esa boshqa soliqlar va yig‘imlar tashkil etdi.

Hurmatli tadbirkorlar! Termiz shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari soliq sohasiga oid barcha savollaringizga javob berish, bilmaganlaringizni o‘rgatish va “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida sizga yaqindan yordam berishga doimo tayyordir.

Madamin Xudoyberdiyev,
Termiz shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i

 


Izoh qoldirish

Yangiliklar kanali

https://t.me/termizshh

Murojaatlar uchun

https://t.me/TermizSh_bot

Telegram bot

https://t.me/TermizSh_bot

Facebook

https://fb.com/termizshahar.hokimi

Fuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi

+(76)224-16-40

+(76)224-23-36

Yil dasturi
2024
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI

Voqealar

DuSeChPaJuShYa
Ro`yxatdan o`tish
login:
Password:
Parolni saqlash
76 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Sayt haqida firingiz?
Natijani ko`rish
Valyuta kurslari