Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti

597075       0

Axborot xizmati

       

SOʼNGGI PUSHАYMONNING NАFI YOʼQ.

Xalqimizda “Koʼza kunda emas, kunida sinadi”, degan naql bor. Bu naql oʼzboshimchalik bilan oqibati xayrli tugamaydigan ishga kirishayotganlarga qarata aytiladi. Bu koʼp asrlar sinovidan oʼtgan tajriba asosida yuzaga kelgan xulosadir. Beparvo, oʼzboshimcha, qoidabuzar kishilar esa doimo jabr tortib, qilmishidan pushaymon boʼlishgan. Soʼnggi pushaymonning esa aslo foydasi boʼlmaydi.
Yaqinda xuddi ana shunday voqea togʼli Xoʼjaipok qishlogʼida yashovchi Soli Fayzullaevning (ism-shariflar oʼzgartirilgan) ham boshiga tushdi. U bir tanishidan hujjatsiz traktor sotib oladi. Uni haydashni naridan beri oʼrganib olib, hujjatsiz traktorni boshqaruv hujjatsiz qishlogʼida haydab yuraveradi. Yana buning ustiga, traktorda odam tashish qatʼiyan taqiqlanganiga qaramasdan, togʼning tik nishabli yoʼllarida traktor telejkasida bemalol odam tashishga jurʼat qiladi.
Kunlardan bir kuni uning bu beparvoligi qimmatga tushdi. 2022 yil 16 fevralь kuni S.Fayzullaev traktor boshqaruv rulida biroz nosozlik borligini sezgan boʼlsa-da, texnik nosozlikka parvo qilmay oʼzining mahoratiga ishonib, togʼning baland qismidan pastga tezlik bilan tushib kelayotganda traktor boshqaruvini yoʼqotdi. “T-16” markali traktorda 9 nafar yoʼlovchi bor edi. Hujjatsiz traktorchining buzuq traktori yoʼl chetiga agʼanadi. Traktor telejkasidagi odamlar ancha jabr koʼrdi va hatto ulardan birovi kasalxonaga yetkazib borilganligiga qaramasdan ogʼir jarohat olganligi tufayli hayotdan koʼz yumdi.
Mana sizga qonunni buzib ish tutishning bir misoli. Odil sud sudlanuvchiga aybiga yarasha jazo tayinladi.
Noxush xodisadan soʼng koʼzi charaqlab ochilgan ayblanuvchi oʼz aybini tan olib, kechirim soʼradi, qilgan ishiga ming bora pushaymon ekanligini bildirdi. Аmmo soʼnggi pushaymonning foydasi kimga tegibdiki, unga naf keltirsa.
Shunday ekan, azizlar, har ishda va hamma vaqt qonun va qoidalarga rioya qilaylik. Qoidaga amal qilgan, qoida talablarini bajargan inson aslo pushaymon chekmaydi.

Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari boʼyicha sudlov hayati sudyasi
S.Suvonqulov


Izoh qoldirish

Yangiliklar kanali

https://t.me/termizshh

Murojaatlar uchun

https://t.me/TermizSh_bot

Telegram bot

https://t.me/TermizSh_bot

Facebook

https://fb.com/termizshahar.hokimi

Fuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi

+(76)224-16-40

+(76)224-23-36

Yil dasturi
2024
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI

Voqealar

DuSeChPaJuShYa
Ro`yxatdan o`tish
login:
Password:
Parolni saqlash
78 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Sayt haqida firingiz?
Natijani ko`rish
Valyuta kurslari