Surxondaryoda 9-may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda.
Bugun erta tongdan Termiz shahridagi Xotira maydoniga Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari tashrif buyurishib, maydon uzra taralgan harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro Ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydilar.
Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz yod etildi.
Mamlakatimiz bo‘ylab 9-may – Xotira va qadrlash kuni o‘zgacha ruhda nishonlanayotgani zamirida ajdodlar xotirasini yod etish, ezgu ishlarini davom ettirish, yurtimiz tinchligi va ravnaqi yo‘lida xizmat qilgan keksalarga alohida hurmat-ehtirom ko‘rsatish kabi ezgu maqsadlar mujassam ekanligini namoyon bo‘lmoqda.
Yangiliklar kanali
https://t.me/termizshhMurojaatlar uchun
https://t.me/TermizSh_botTelegram bot
https://t.me/TermizSh_botFuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi
+(76)224-16-40
+(76)224-23-36
2024 |
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI |
‹ | › | |||||
Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
© Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti veb-saytlari 2024