Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti

687856       0

Tadbirlar

       

Surxondaryolik yosh ijodkorga Prezident sovgʼasi – “Spark” avtomashinasi topshirildi
Davlatimiz rahbari Surxondaryo viloyatiga tashriflari chogʼida Termiz shahrida qurib bitkazilgan yangi koʼp qavatli uyga koʼchib oʼtgan Nazira Raximova xonadonida boʼlgan davlatimiz rahbari yolgʼiz ona hamda uning dilbandi Ruxshona bilan ham suhbatlashildi. Samimiy muloqot chogʼida yosh ijodkor Ruxshona davlatimiz rahbariga yangi nashrdan chiqqan kitobini sovgʼa qildi. Oʼz navbatida bilimli, zukko, oqila, yuksak iqtidor sohibiga davlatimiz rahbarining mehri tushib, “Spark” avtomashinasi sovgʼa qilishini maʼlum qildi. Bugun Nazira Raximova xonadoniga keng jamaotchilik vakillari tashrif buyurishdi. Prezidentimiz sovgʼasini -“Spark” avtomashinasi tantanali topshirildi. Shu munosabat bilan uyushtirilgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Toʼra Bobolov, Yoshlar ishlari agentligi Аlisher Saʼdullaev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzajonovich, Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid va boshqalar ishtirok etib, oʼzlarining dil soʼzlarini izhor etishdi. Taʼkidlangidek, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati izchil va samarali amalga oshirilmoqda. Yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, taklif va tashabbuslarini ragʼbatlantirish, ularning intellektual va ijodiy faoliyatlarini qoʼllab-quvvatlashga yuksak darajada eʼtibor qaratilmoqda. Maʼlumot oʼrnida, Ruxshona Аbdurazzoqova viloyatning Denov tumanida tugʼilib oʼsgan. Ikki yil muqaddam puxta bilim olish, oʼz iqtidorini toʼlaroq namoyon etish maqsadida onasi bilan Termiz shahriga koʼchib kelgandi. Ruxshonabonu hozirda Termizdagi 1-son al-Hakim at-Termiziy nomidagi yosh fizik va matematiklar maktab internatida tahsil olmoqda. U oʼqib, oʼrganish barobarida mudom ijodiy izlanishda. Maqsad sari qatʼiy intilishi unga hamisha omad va zafar eshigini ochib bermoqda.

  

  


Izoh qoldirish

Yangiliklar kanali

https://t.me/termizshh

Murojaatlar uchun

https://t.me/TermizSh_bot

Telegram bot

https://t.me/TermizSh_bot

Facebook

https://fb.com/termizshahar.hokimi

Fuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi

+(76)224-16-40

+(76)224-23-36

Yil dasturi
2024
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI

Voqealar

DuSeChPaJuShYa
Ro`yxatdan o`tish
login:
Password:
Parolni saqlash
124 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Sayt haqida firingiz?
Natijani ko`rish
Valyuta kurslari