DXX KUBOGI DAVOM ETMOQDA
Joriy yilning aprel oyidan boshlab, yurtimizning har bir goʻshasida mini-futbol boʻyicha DXX kubogi musobaqasi oʻtkaziladi.
Termiz shahrida bugun Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi, Sportni rivojlantirish vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati hamkorligida 16 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida futbol va mini-futbol boʻyicha DXX kubogi musobaqasiga start berildi.
Eslatib oʻtamiz, viloyat bosqichida 1-oʻrinni egallagan jamoalar tegishli oʻrinni tasdiqlovchi kubok, maishiy texnikalar bilan taqdirlanadi hamda gʻolib jamoa mahallasiga “Workout” maydonchalari qurib beriladi.
DXX kubogida gʻolib boʻlgan jamoalar mahallasiga mini-futbol maydonlari, 2-oʻringa universal sport maydoni va 3-oʻrinlarni egallagan jamoalar mahallasiga “Stritbol” maydonlarini qurib berilishi, shuningdek sovrindor jamoalarni Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanidagi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi “Shafran” togʻ-kurort kompleksida dam olishlari tashkil etiladi.
Yangiliklar kanali
https://t.me/termizshhMurojaatlar uchun
https://t.me/TermizSh_botTelegram bot
https://t.me/TermizSh_botFuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi
+(76)224-16-40
+(76)224-23-36
2024 |
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI |
‹ | › | |||||
Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
© Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti veb-saytlari 2024