TERMIZ SHАHRIDА YANGI ZАMONАVIY MEHMONXONА ISH BOSHLАDI
Bugun, 31-mart kuni Termiz shahrida xalqaro standartlarga uygʼun shakldagi yangi mehmonxona – “GOLD PALACE” foydalanishga topshirildi.
Tantanali ochilish tadbirida viloyat hokimi oʼrinbosari Joʼrabek Toʼraev, Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiev, shahar sektor rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Termiz shahrining Shifokor mahallasi Ibn Sino koʼchasida joylashgan mazkur mehmonxona tadbirkor Zohid Mallaev tomonidan oʼzi ishlab chiqqan investitsiya loyihasi asosida qurilgan boʼlib, 24 ta nomerdan iborat. Ushbu mehmonxonada yangidan 12 ta ishchi oʼrni yaratilgan.
Mehmonxonada avtoturargoh, sport maydonchasi (billiard va stol tennisi), 25 kishilik konferents-zal va boshqa qulayliklar mavjud.
Yangiliklar kanali
https://t.me/termizshhMurojaatlar uchun
https://t.me/TermizSh_botTelegram bot
https://t.me/TermizSh_botFuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi
+(76)224-16-40
+(76)224-23-36
2024 |
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI |
‹ | › | |||||
Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
© Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti veb-saytlari 2024