HOKIM VA YOSHLAR uchrashuvi davom etmoqda
Termiz shahrida yoshlarning taklif va muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan navbatdagi “Hokim va yoshlar” uchrashuvi bugun 30-mart kuni “Manguzar” va “Chegara” mahallalarida bo‘lib o‘tdi.
Unda shahar hokimi, 1-sektor rahbari Isroil Xudoyberdiyevga 50 nafarga yaqin yoshlar murojaat qilib, taklif va muammolarini aytishdi. Uchrashuv davomida tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan 10 nafardan ortiq yoshlarning kredit olish masalasidagi murojaati ijobiy hal etildi. Shuningdek, o‘zini-o‘zi band qilish maqsadida murojaat qilgan yoshlarga tegishli tartib asosida amaliy yordam beriladigan bo‘ldi.
O‘rganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mahalladagi hokim yordamchisi va yoshlar yetakchilariga hamda tegishli tashkilot rahbarlariga qat’iy topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Yangiliklar kanali
https://t.me/termizshhMurojaatlar uchun
https://t.me/TermizSh_botTelegram bot
https://t.me/TermizSh_botFuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi
+(76)224-16-40
+(76)224-23-36
2024 |
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI |
‹ | › | |||||
Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
© Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti veb-saytlari 2024