Sayyor qabul: bugungi kun muammolarining ijobiy yechimi.
Bugun, 15 aprelь kuni “Bobur” istirohat bogʼida Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiev boshchiligida sektor rahbarlari, xalq qabulxonasi va bosh vazir qabulxonasi bilan birgalikda yoshlar, tadbirkorlar va aholi uchun sayyor qabul oʼtkazdi. Unda barcha korxona va tashkilot rahbarlari va ommavy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Boʼlib oʼtgan sayyor qabulda shahar hokimi I.Xudoyberdiev murojaat qilgan aholi bilan ochiq, toʼgʼridan-toʼgʼri, yuzma-yuz muloqot uyushtirdi.
Qabulda fuqarolardan jami 249 ta murojaat kelib tushgan boʼlib, shundan 70 ta fuqaroga subsidiya tartibida uy-joy olish hamda kredit olish boʼyicha 10 nafar murojaatchiga onlayn tartibda kredit ajratilishi batafsil tushuntirildi. 22 nafar murojaatchining masalasi oʼz oʼrnida ijobiy yechim topdi. Jumladan, “Guliston” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro S.Аbdukarimovaning farzandi betobligi sababli, “Jayxun” MFYda istiqomat qiluvchi boquvchisini yoʼqotgan fuqaro G.Nazarovaga moddiy yordam koʼrsatildi. Shuningdek, “Temiryoʼlchi” MFYda yashovchi yakka yolgʼiz qariya fuqaro E.Turdievga sogʼligʼini tiklash uchun moddiy yordam ajratildi.
Аholi bilan ochiq muloqot mobaynida fuqarolarning yoʼllarni taʼmirlash, toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, elektr-energiya taʼminotini yaxshilash, ishga joylashish, sogʼliqni saqlash kabi murojaatlar belgilangan muddatda bajarilishi uchun tegishli tashkilotlarga va mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Yangiliklar kanali
https://t.me/termizshhMurojaatlar uchun
https://t.me/TermizSh_botTelegram bot
https://t.me/TermizSh_botFuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi
+(76)224-16-40
+(76)224-23-36
2024 |
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI |
‹ | › | |||||
Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
© Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti veb-saytlari 2024