TERMIZ SHАHRIDА MO‘TАBАR АYOLLАR, MUNIS OPА-SINGILLАR SHАRАFLАNDI
Bugun, 6-mart kuni Termiz shahridagi “Аfruz” tantanalar saroyida 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda shahrimizda ko‘p yillar va samarali mehnat qilib kelayotgan fidoyi xotin-qizlar vakillari ishtirok etdi. Bayram tadbirida yig‘ilganlarni Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiev qizg‘in muborakbod etib, ezgu tilaklarni bildirdi.
Bayram tadbiri davomida bir guruh xotin-qizlarga Termiz shahar hokimligining faxriy yorlig‘i va esdalik sovgʼalari tantanali tarzda topshirildi. Bayram sanʼatkorlar ijrosidagi badiiy dasturga ulanib, ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi.
-Hech yurt ayollariga O‘zbekistondagi kabi davlat darajasida bunday yuksak eʼtibor, g‘amxoʼrlik ko‘rsatilmasa kerak. Nafaqada bo‘lsam, har safar bayramlarga taklif etishadi. Bundan boshim ko‘kka yetadi. Dilim yashnab, to‘lqinlanib ketaman. Bugungi bayramga taklif etilganimdan behad mamnun bo‘ldim!, - deydi Termizlik mehnat faxriysi Robiya Tulyakova.
Yangiliklar kanali
https://t.me/termizshhMurojaatlar uchun
https://t.me/TermizSh_botTelegram bot
https://t.me/TermizSh_botFuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi
+(76)224-16-40
+(76)224-23-36
2024 |
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI |
‹ | › | |||||
Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
© Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti veb-saytlari 2024