Bugun, 9 yanvar kuni Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiev rahbarligida sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar birgalikda 1-sektor shtabida fuqarolar uchun sayyor qabul o`tkazildi. Qabulda 30 nafar fuqaro ishtirok etdi. Sayyor qabulda N.Amanqulovaning qurilishdagi kamchiliklarni bartaraf etish masalasida va 3 nafar fuqaroning ish so`rab qilgan murojaatlari bo`yicha Obodonlashtirish boshqarmasiga ishga joylashishga yo`llanma berilib joyida ijobiy yechimini topdi. Bir guruh fuqarolarning murojaati yuzasidan "Guliston” mahallasi qirg`oqbo`yi aholisi uchun tabiiy gaz tarmog`ini tortish masalasi 2 chorak boshiga qadar hal etilishi bo`yicha chora-tadbir belgilab olindi.
Shuningdek, imtiyozli uy-joylardan olish masalasida 12 nafar murojaatchiga yo`llanma berilib, 1 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaroning qilgan murojaati bo`yicha imtiyozli davolanishi uchun 1 kun muddatda shahar hokimi tomonidan amaliy yordam beriladigan bo`ldi. Tegishliligi bo`yicha qolgan barcha murojaatlarni ijobiy hal etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib, mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
Yangiliklar kanali
https://t.me/termizshhMurojaatlar uchun
https://t.me/TermizSh_botTelegram bot
https://t.me/TermizSh_botFuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi
+(76)224-16-40
+(76)224-23-36
2024 |
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI |
‹ | › | |||||
Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
© Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti veb-saytlari 2024