Termiz shahrida muborak Ramazonning iftorlik tadbirlarini o‘tkazish davom etmoqda
Davlatimiz rahbari joriy yilning 13 mart kuni viloyatimizga tashrifi chog‘ida o‘ttiz kunlik Ramazon oyida eng og‘ir mahallada kam taʼminlanganlarni taklif qilib, iftorlik o‘tkazish, ko‘ngli o‘ksik, mo‘min-musulmonlarning og‘irini yengil qilish tashabbusini bildirib, bu borada diniy soha ulamolari va mutasaddilariga tavsiyalarini bergan edi.
Xayru-barokat Ramazon oyida bugun 2 aprel kuni shahardagi 4 ta sektor hududida “Guliston", “Saxovat", “Majnuntol" va “Bo‘ston" mahallalari fuqarolari ishtirokida navbatdagi iftorlik tashkil etildi.
Unda sektor masʼullari, imom xatiblar, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, mahalladagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, faol xotin-qizlar hamda 600 nafar mahalla fuqarolari ishtirok etishdi.
Ushbu xayrli ishlar shahardagi barcha mahallalarda davom etmoqda.
Yangiliklar kanali
https://t.me/termizshhMurojaatlar uchun
https://t.me/TermizSh_botTelegram bot
https://t.me/TermizSh_botFuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi
+(76)224-16-40
+(76)224-23-36
2024 |
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI |
‹ | › | |||||
Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
© Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti veb-saytlari 2024