Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti

469330       0

Tadbirlar

       

Termiz shahrida ham  “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

 

Termiz shahrida “”Navro‘z  umumxalq bayrami munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab tashkil etilgan “Yangi nafas” sport musobaqasida  besh mingdan ortiq 7 yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan surxondaryolik ishtirok etdi.

 

Marofonga start berilgan Alisher Navoiy ko‘chasidagi “Surxon arena" sport majmuasida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda so‘zga chiqqanlar yig‘ilganlarni “Navro‘z” umumxalq bayrami bilan tabriklab, musobaqa ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi. Ko‘p ming yillik tarixga ega bayramning milliy qadriyat va urf-odatlarimizni keng tarannum etish hamda xalqimiz orzu-umidlarini ruyobga chiqarishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

 

Vohada yangilanish va yasharish bayrami oldidan o‘tkazilgan marofonga alohida tayyorgarlik ko‘rilib, musobaqa qatnashchilari uchun barcha sharoit yaratildi. Ularning xavfsiz, erkin yugurishi uchun bellashuvga start berilgan Alisher Navoiy ko‘chasidan "Bolajon bog‘i"i hududidagi finishgacha bo‘lgan uch kilometr masofada obodonlashtirish ishlari olib borildi.

 

Qatnashchilarning yo‘l harakati, jamoat tartibi, yong‘in va boshqa xavfsizligini taʼminlash uchun zarur choralar ko‘rildi.

 

Marofon yakunida erkaklar va ayollar o‘rtasidagi bellashuv g‘oliblari  diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

  


Izoh qoldirish

Yangiliklar kanali

https://t.me/termizshh

Murojaatlar uchun

https://t.me/TermizSh_bot

Telegram bot

https://t.me/TermizSh_bot

Facebook

https://fb.com/termizshahar.hokimi

Fuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi

+(76)224-16-40

+(76)224-23-36

Yil dasturi
2024
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI

Voqealar

DuSeChPaJuShYa
Ro`yxatdan o`tish
login:
Password:
Parolni saqlash
141 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Sayt haqida firingiz?
Natijani ko`rish
Valyuta kurslari