22 / 02 / 23
Shaharda elektr toki, tabiiy gaz va ko‘mirda ishlaydigan isitish qozonlari ishlab chiqarilmoqda
Bugungi kunda aholi va ijtimoiy soha ob’yektlarini energiya resurslari, jumladan, issiqlik bilan ta’minlash dolzarb va asosiy vazifa bo‘lib qolmoqda. Bunda xom ashyoni kam sarflayligan, havfsiz ishlash texnologiyasiga ega bo‘lgan, ko‘mir bilan ishlaydigan qozonxonalarga talab yuqori.
Joriy yildan boshlab yurtimizdagi ijtimoiy soha ob’yektlari, maktab va bog‘chalar isitish tizimi ko‘mirga o‘tkaziladi. Bu esa o‘z navbatida ushbu tipdagi isitish qozonxonalariga bo‘lgan ehtiyojni oshiradi. Termiz shahri “Ma’rifat” mahallasi hududida “TEPLO MONTAJ CENTRE VOSTOK” MCHJ tomonidan isitish qozonlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Bugun Termiz shahridagi ob’yektlarda o‘rganish ishlarini olib borayotgan viloyat hokimi MCHJning isitish qozonlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan ham tanishdi. Shuningdek, korxona rahbarining mavjud muammolari o‘rganilib, mas’ullarga ko‘tarilgan masalalarni hal etish, korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha topshiriq berildi.
Yangiliklar kanali
https://t.me/termizshhMurojaatlar uchun
https://t.me/TermizSh_botTelegram bot
https://t.me/TermizSh_botFuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi
+(76)224-16-40
+(76)224-23-36
2024 |
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI |
‹ | › | |||||
Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
© Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti veb-saytlari 2024