NAVBATDAGI “HOKIM VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
Bugun, 26 oktyabr kuni Termiz shahar 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Tuproqqo‘rg‘on” va “Bog‘ishamol” mahallalarining yoshlari hamda “O‘qituvchilarni qayta tayyorlash” institutida “Baynalmilal” mahallasi yoshlari bilan “Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda 50 ga yaqin yoshlar hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Mazkur uchrashuvlarda shahar hokimi O‘ktam To‘rayev tomonidan yoshlarning ish bilan ta’minlash, kontrakt to‘lovi, imtiyozli kredit, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek uy-joy va boshqa masalalardagi murojaatlari tinglandi.
Xususan, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tegishli mablag‘lar ajratilishi belgilandi hamda o‘rganish, shuningdek muddat talab qilinadigan murojaatlar yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, tegishli tartibda nazoratga olindi.
Yangiliklar kanali
https://t.me/termizshhMurojaatlar uchun
https://t.me/TermizSh_botTelegram bot
https://t.me/TermizSh_botFuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi
+(76)224-16-40
+(76)224-23-36
2024 |
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI |
‹ | › | |||||
Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
© Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti veb-saytlari 2024