Termiz shahrida xotin-qizlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi
Bugun 26-sonli maktabda shahrimizdagi mahallalarda istiqomat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, salomatligini mustahkamlash maqsadida ular o‘rtasida "Shahar hokimi sovrini uchun" sport musobaqalari o‘tkazildi.
Musobaqaning ochilish marosimida Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bosh mutaxassisi B.Saidqosimov, viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Xidirova, shahar hokimi o‘rinbosari M.Tagayeva, hamkor tashkilotlar, sport bo‘limi mas’ullari, xotin-qizlar faollari hamda 300 nafar xotin-qizlar ishtirok etdi.
Sportning stol tennisi, shaxmat, shashka, engil atletika, arqon tortish hamda armrestling (qo‘lda kuch sinash) turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘ldi.
Musobaqalar yakunida g‘olib xotin-qizlar Termiz shahar hokimining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Yangiliklar kanali
https://t.me/termizshhMurojaatlar uchun
https://t.me/TermizSh_botTelegram bot
https://t.me/TermizSh_botFuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi
+(76)224-16-40
+(76)224-23-36
2024 |
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI |
‹ | › | |||||
Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
© Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti veb-saytlari 2024