Termiz shahar IIBda yangi tayinlov amalga oshirildi
Bugun, 26 iyul kuni Termiz shahar IIBda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan tayinlov amalga oshirildi.
Podpolkovnik Nurullayev Elbek Abduqodirovich Termiz shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Elbek Nurullayev Denov tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Yig‘ilishda, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i Abduvoxid Ismoilov, shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev, sektor rahbarlari, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, Termiz shahar IIB xodimlari ishtirok etishdi. Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan, Termiz shahrida jinoyatchilik va xuquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish choralarini kuchaytirish va bu borada keng jamoatchilik bilan hamkorlikda ishlarni amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.
Yangiliklar kanali
https://t.me/termizshhMurojaatlar uchun
https://t.me/TermizSh_botTelegram bot
https://t.me/TermizSh_botFuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi
+(76)224-16-40
+(76)224-23-36
2024 |
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI |
‹ | › | |||||
Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
© Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti veb-saytlari 2024