Yoshlar festivalida viloyat boʼyicha 325 ta turli tadbir oʼtkaziladi
Bugun Surxondaryoda “Yangi Oʼzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida boshlangan festival doirasida sektorlar rahbarlari – viloyat prokurori Sadriddin Turdiev Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida, ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi Аbduvohid Ismoilov “Yoshlar markazi”da, davlat soliq boshqarmasi boshligʼi Sirojiddin Eshmatov “Matbuot uyi”da yigit-qizlar bilan ochiq muloqot oʼtkazdi.Shuningdek, “Yoshlar va tadbirkorlar” uchrashuvi, yosh tadbirkorlar ishlab chiqargan mahsulotlar koʼrgazmasi, “Quvnoqlar va zukkolar” baxshichilik, “Yosh kitobxon” koʼrik-tanlovlari, milliy sport oʼyinlari, otda yurish, otni yugurtirish, ot egarlash musobaqasi singari tadbirlar ham yuksak saviyada oʼtkazilmoqda. Eslatib oʼtamiz, “Yoshlar oyligi” doirasida mustaqilligimizning 30 yilligiga bagʼishlangan festivalda viloyat boʼyicha 325 ta turli tadbir oʼtkaziladi.
Festivalь joriy yilning 17 iyunь kuni yakunlanadi.
Yangiliklar kanali
https://t.me/termizshhMurojaatlar uchun
https://t.me/TermizSh_botTelegram bot
https://t.me/TermizSh_botFuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi
+(76)224-16-40
+(76)224-23-36
2024 |
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI |
‹ | › | |||||
Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
© Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti veb-saytlari 2024