Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti

483025       0

Tadbirlar

       

UFA vitse-prezidenti Odil Ahmedov boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryoda

UFA vitse-prezidenti Odil Ahmedov boshchiligidagi delegatsiya dastlab sobiq sharhlovchi, murabbiy, uzoq yillar viloyat sport qoʼmitasiga rahbarlik qilgan Bahrom Hamroev hamda marhum futbolchi va murabbiy Botir Kashkenbaevning xonadonlariga tashrif buyurib, “Oʼzbek futbolining 110 yilligi” koʼkrak nishoni va esdalik sovgʼalarini topshirdi.

Shundan soʼng delegatsiya aʼzolari Surxondaryo viloyati bolalar va oʼsmirlar futbol akademiyasida ham boʼlib, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. 3 avlod vakillari ishtirokida oʼtkazilgan uchrashuvda futbol faxriylari yosh tarbiyalanuvchilarga oʼz tajribalaridan soʼzlab berishdi.

Surxondaryo viloyati hokimligida viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Toʼra Bobolov bilan boʼlgan uchrashuvda vohada futbol rivoji yoʼlida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar muhokama etildi. Uchrashuv soʼngida viloyat sektor rahbarlariga “Oʼzbekiston futboli rivojiga qoʼshgan hissasi uchun” koʼkrak nishoni topshirildi.

Shundan soʼng “Surxon” markaziy stadionida oʼzbek faxriylari futboli faxriylari oʼrtasida futbol uchrashuvi boʼlib oʼtdi. Uchrashuv yakunida bir guruh futbol faxriylariga koʼkrak nishonlari va esdalik sovgʼalari topshirildi.


Izoh qoldirish

Yangiliklar kanali

https://t.me/termizshh

Murojaatlar uchun

https://t.me/TermizSh_bot

Telegram bot

https://t.me/TermizSh_bot

Facebook

https://fb.com/termizshahar.hokimi

Fuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi

+(76)224-16-40

+(76)224-23-36

Yil dasturi
2024
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI

Voqealar

DuSeChPaJuShYa
Ro`yxatdan o`tish
login:
Password:
Parolni saqlash
108 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Sayt haqida firingiz?
Natijani ko`rish
Valyuta kurslari