Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti

514144       0

Tadbirlar

       

“OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI TA'MINLASH BO'YICHA TUZILGAN CHORA-TADBIRLAR

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod mahalla” davlat dasturini uzviy davom ettirish orqali aholining farovonligi va turmush tarzini yanada yuksaltirish bo'yicha berilgan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida, shahrimizdagi “Og'ir” mahalla fuqarolar yig'inlaridan biri bo‘lgan "Chegara" mahallasi "Obod mahalla" dasturiga kiritildi.

Jumladan "Chegara" mahallasining 14 ta ichki ko'chalariga tosh va shag'allar to'kilib asfalt qilish, ko'p yillar davomida aholini qiynab kelayotgan muamollardan biri tabbiy gaz bilan ta'minlash maqsadida gaz quvurlari tortish, suyultirilgan gazlarni aholiga o'z vaqtida yetkazib berish, ko'chalardagi eskirgan elektr simyog'ochlarini zamonaviy tungi yoritgichlarga almashtirish, ichimlik suv quvurlarini tortish bo'yicha Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vaziri o'rinbosari B.Parpiyev mutasaddi tashkilot rahbarlariga bu muammolarni bartaraf etish bo'yicha topshiriqlar berdi.

Shundan so‘ng B.Parpiyev ushbu mahallada yashovchi fuqarolarning xonadonlariga kirib ularni qiynab kelayotgan muammolari bo'yicha suhbat olib bordi.

Ayrim muammolar joyida bartaraf etildi va qolgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mutasaddi rahbarlarga vazifalar belgilandi.

"Yoshlar ertangi kun bunyodkori" shu sababli ta'lim olib kelayotgan har bir yoshlarimizga munosib shart-sharoitlar yaratsak tashabbuskor va shu kabi oliyjanob fazilatlar egasi bo‘lgan yoshlargina, kelajak bunyodkori bo‘la oladi deb baralla ayta olamiz” deydi vazir o'rinbosari B.Parpiyev.

Shuningdek, "Chegara" mahallasi hududida joylashgan 21-maktabdagi kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha ham chora-tadbirlar belgilab olindi.

   


Yangiliklar kanali

https://t.me/termizshh

Murojaatlar uchun

https://t.me/TermizSh_bot

Telegram bot

https://t.me/TermizSh_bot

Facebook

https://fb.com/termizshahar.hokimi

Fuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi

+(76)224-16-40

+(76)224-23-36

Yil dasturi
2024
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI

Voqealar

DuSeChPaJuShYa
Ro`yxatdan o`tish
login:
Password:
Parolni saqlash
51 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Sayt haqida firingiz?
Natijani ko`rish
Valyuta kurslari