Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti

476169       0

Tadbirlar

       

Bugun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Ushbu sana 72 yildan buyon butun dunyoda bayram qilib kelinadi.

Аslida 1925 yilda Jenevada bolalar farovonligiga bagʼishlangan Butunjahon konferentsiyasida taʼsis etilgan. Lekin oradan 25 yil oʼtib, yaʼni 1950 yildan bayram sifatida nishonlana boshlangan.

Аniqrogʼi, 1949 yilda Parijda ayollarning xalqaro demokratik federatsiyasi kongressi boʼlib oʼtadi. Kongressda bolalarning bardamligi va baxt-saodatining kafolati boʼlgan tinchlikni taʼminlash uchun doimiy kurash haqidagi shior yangraydi. Urushdan keyingi davrda sayyoramizda yashovchi barcha bolajonlarning sogʼliq va xotirjamligini saqlash dolzarb muammoga aylanib qolgan edi.
1989 yilda BMT Bosh Аssambleyasi bolalar huquqlari toʼgʼrisida Konventsiya qabul qildi. Unda butun dunyo mamlakatlari uchun bolalar huquqlarini himoya qilishni taʼminlashni joriy qilish toʼgʼrisida yozilgan.
Har yili 1 iyunь yurtimizda ham katta bayram sifatida nishonlanadi, barcha bolajonlar ardoqda boʼladi. Bu yil ham bolajonlar uchun barcha attraktsionlar, oʼyingohlar ochiq, turli maoqli tadbirlar tashkil etiladi.
Jumladan, bugun 19-00 da Termiz shahri Bolajon bogʼida bolajonlar uchun bayram tadbiri va sayil tashkil etiladi.


Izoh qoldirish

Yangiliklar kanali

https://t.me/termizshh

Murojaatlar uchun

https://t.me/TermizSh_bot

Telegram bot

https://t.me/TermizSh_bot

Facebook

https://fb.com/termizshahar.hokimi

Fuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi

+(76)224-16-40

+(76)224-23-36

Yil dasturi
2024
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI

Voqealar

DuSeChPaJuShYa
Ro`yxatdan o`tish
login:
Password:
Parolni saqlash
117 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Sayt haqida firingiz?
Natijani ko`rish
Valyuta kurslari