Sayyor qabul - muammolar yechimiga xizmat qilmoqda

Sayyor qabul - muammolar yechimiga xizmat qilmoqda

Bugun Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiev va sektor rahbarlari shahrimiz fuqarolari uchun "Guliston" mahallasida sayyor qabul oʼtkazdi.

 

Qabulda fuqarolarning yoʼllarni taʼmirlash, toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, elektr-energiya taʼminotini yaxshilash, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, sogʼliqni saqlash kabi masalalarga oid murojaatlari tinglanib, ularni hal etish choralari koʼrildi.

 

 

Sayyor qabulda keltirilgan turli muammolarning bir qismi joyida hal etildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar boʼyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.