Bolalar quvonchi – baxtdan nishona

Bolalar quvonchi – baxtdan nishona

 

Koronavirus infektsiyasi tarqalib, dunyo ahlining halovatidan ayirgan va odamlardan zarurat boʼlmasa koʼchaga chiqmaslik soʼralayotgan shu kunlarda saxovatli insonlarning xayrli amallari odamlarga xotirjamlik bagʼishlamoqda.

 

Xususan, Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdievning tashabbusi bilan bugun "INDENIM" savdo majmuasi tomonidan shahrimizdagi maktablarda tahsil olayotgan kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 156 nafar farzandlariga qishgi kiyimlar jamlanmasi topshirildi.

 

Bolalar... Ular bizning kelajagimiz, boshlagan ezgu ishlarimizning davomchilari, koʼzimizning nuri, qalbimiz sururi. Ular bilan hayotimiz obod, koʼnglimiz charogʼon. Shu sababli ham bolalarimiz baxtli boʼlishlari uchun hamma narsamizni berishga tayyormiz. Аyniqsa, bugun bolajonlarimiz quvonchiga-quvonch qoʼshgan "INDENIM" savdo majmuasiga shahar hokimligi va ushbu oilalar nomidan oʼz minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz