TERMIZ SHAHRIDA YANGI YILDA YANA BITTA KO`P TARMOQLI KLINIKA FAOLIYAT BOSHLADI

Mamlakatimizda tibbiyot sohasiga qaratilayotgan e`tibor, xususan xususiy sektorga berilayotgan imtiyozlar tufayli elimiz sog`ligini tiklashda samarali natijalarga erishilmoqda. So`ngi ikki yilda shahrimizda yangi tashkil etilayotgan va faoliyatini kengaytirayotgan xususiy tibbiyot muassasalari innovatsion texnologiyali tibbiy jihozlar bilan diagnostika va davolash ishlarini yo`lga qo`yishmoqda. Bugungi kunda ko`p tarmoqli xususiy klinikalarda aholi davolanishi uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.

Bugun, 4 yanvar kuni Termiz shahrida “SHIFOKOR VALIJON SURXON” xususiy klinikasining ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Ushbu klinikaga xorijdan zamonaviy tibbiy jihozlar olib kelib o`rnatilgan bo`lib, aholiga ambulator va statsionar sharoitda xirurgiya, ginekologiya, nevrologiya, kardiologiya, fizioterapiya, ultratovush diagnostikasi va klinik laboratoriya diagnostikasi ixtisosliklari bo`yicha tibbiy xizmat ko`rsatishni rejalashtirgan. Klinikada davolanish uchun 30 o`ringa mo`ljallangan joy mavjud bo`lib, oliy toifali vrachlar va malakali tibbiyot xodimlari xizmat ko`rsatadi.

 Marosimda Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiev ishtirok etdi.

 Маросимда Термиз шаҳар ҳокими Исроил Худойбердиев иштирок этди.